PEDAGOGIKA

Abonelik
0
Yorumlar
Parçayı oku
Okundu olarak işaretle
Satın Aldıktan Sonra Kitap Nasıl Okunur
  • Sadece Litres Olarak Okuma “Oku!”
Yazı tipi:Aa'dan küçükDaha fazla Aa

e) nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan tillardan o‘zlashgan so‘zlar), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (oini bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) so‘zlardan xoli bo‘lishi, o‘qituvchining nutqi sodda va tushu narli bo‘lishi;

t) nutqning ravonligi;

g) nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar va ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish).

9. O‘qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o‘zlashtirishga erishishi lozim.

10. O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunining mazmuni nimadan iborat9

2. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» necha bosqichda amalga oshiriladi.

3. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?

4. Uzluksiz ta ‘lim tizimi qanday bosqichlardan iborat?

5. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining farqi mmada?

6. Oliy ta ‘lim qaysi bosqichlarda amalga oshiriladi?

7. Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta‘lim nima?

8. О‘qituvchi shaxsiga qo ‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

9. О‘qituvchining nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?

Test savollari

1. Birinchi Prezident I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi IX sessiyasida (1997) so‘zlagan «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalanadi?

A) Tadbirkor shaxsni tarbiyalash

B) Umumiy va ilmiy ruhdagi shaxsni tarbiyalash

D) Barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash

E) Mehnatsevar shaxsni tarbiyalash

2. A.Karimovning: «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak» – degan iborasi qayd etilgan asarni aniqlang.

A) Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori

B) Barkamol avlod orzusi

D) Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik

E) O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat

3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qachon qabul qilingan?

A) 1992 yil В) 1995 yil

D) 1994 yil E) 1997 yil

4. I.A.Karimov qaysi asarida «Kadrlar tanlashda vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘usi bugun juda katta ahamiyatga egadir» deb yozgan?

A) Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik

B) Istiqlol va ma’naviyat

D) O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda

E) Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajak-

ka ishonchdir

5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini isloh qilishning bosqichlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) 1997-2000

B) 2001-200

D) 2004-2005

E) 1997–2000, 2003–2005, 2005 va undan keyingi yillar

6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida ta’lim olishining tekin va majburiyligi ko‘rsatilgan?

A)40-modda B) 41- modda

D)42- modda E) 43- modda

7. I.A.Karimovning Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so‘zlagan nutqi mamlakatimizdagi qaysi sohani isloh qilishga qaratilgan?

A) Tarbiya sohasini B) rjtimoiy sohani

D) Ta’lim-tarbiya sohasini E) Iqtisodiy sohani

8. O‘zbekistonda majburiy, ixtiyoriy ta’lim necha yil qilib belgilangan?

A) 10 yil B) 11 yil D) 12 yil E) 13 yil

9. «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning maqsadni toping.

A) Fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatish

B) Fuqarolarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash

D) Fuqarolarda ko‘nikma. malakani boyitish

E) Fuqarolar bilimini boyitish

10. «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning qaysi moddasida «Kasb- hunar kollej o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligini mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlagan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan 3 yillik kasb-hunar o‘quv yurtlari» deb ta’kidlangan?

A)40-moddada B) 41 – moddada

D)42-moddada E) 43-moddada

11. «Tarbiyachi ustoz bo‘lishi uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar kabi buyuk fazilatlarni shakllantira olishga ega bo‘lishi kerak» degan fikrning muallifini aniqlang.

A)Abdulla Avloniy В) I.A.Karimov

D)Ushinskiy E) Komenskiy

12. o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

A)Ota-ona xohishiga B) O‘quvchilarning bilimiga

D) Bilim va kasbiy qiziqishga E) Jamoa fikriga

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamoq bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Alisher Navuiy

2-MAVZU: PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI

Reja:

1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya. O‘qitish, ma’lumot).

2. Pedagogika fanining metodologik asoslari.

3. Pedagogika fanining tarmoqlari. Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati.

4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.

Mavzuning maqsadi:

Pedagogika fanining maqsad va vazifalari, kategoriyalari, metodologik asoslari, tarmoqlari va uning ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot berish hamda pedagogika faniga qiziqishni uyg‘otish.

Mavzuning vazifalari:

– pedagogika fanining ijtimoiy ahamiyati, maqsadini yoritish;

– pedagogika fanining metodologik asoslarini ko‘rsatish;

– pedagogika fanining va boshqa fanlar bilan aloqalarini asoslash;

– pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarining vazifalarini belgilash va hokazo.

Tayanch ibora va atamalar: pedagogika, tarbiya, ta’lim, ma’rifat. ma’naviyat, madaniyat, ta’limning milliy modeli, ma’lumot berish, o‘qitish, bilim, pedagogikaning asosiy funksiyasi, didaktika, xususiy didaktika, pedagogika tarixi, pedagogika nazariyasi, maktabshunoslik, oila pedagogikasi, maktab ta’limi pedagogikasi, umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, oliy ta’lim pedagogikasi, xususiy pedagogika, defektologiya, qiyosiy pedagogika, milliy pedagogika.

2.1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya, o‘qitish, ma’lumot)

Pedagogika – tarbiyaning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir, Pedagogika – yunoncha, pais – bola, agogos – yetaklash – bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarining cfzgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to‘g‘ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh muammosi tarbiyadir.

Inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda. qadriyatnomalarda, yozma yodgorliklarda, xalq og‘zaki ijodida, ilohiy va muqaddas kitoblarda asoslab berilgan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o‘z mavqevini mustahkamladi.

Pedagogika fani ta’riflari to‘g‘risida har xil qarashlar mavjud.

«Pedagogika – tarbiya haqidagi ta’limot. tarbiyalash san’ati, tarbiya insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika tarbiya va ta’lim sohasiga tegishli bilimlar yig‘indisi»;

Unda yosh avlodni va kattalarni tarbiyalash haqida bahs yotadi. Ta’riflarni umumlashtirib, pedagogika tushunchasini quyidagicha ifo- dalash mumkin (2.1.1 – shaklga qarang).

Ta’riflarda keltirilgan tarbiya, ta’lim va ma’lumotlar berish ter- minlari haqida qisqacha ma’lumotni keltiramiz:

1. Pedagogika fani tarbiya jarayonining qonuniyatlari tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi.

«Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi».

2.1.1-shakl. «Pedagogika» da ta’lim-tarbiya va ma’lumot hosil qilinishi.

Demak, tarbiya – ijtimoiy hodisa bo‘lib, insonning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat bilan birga paydo bo‘lib, usiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham faoliyat ko‘rsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat bo‘lib, u avloddan avlodga o‘tib boraveradi.

Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish ko‘zda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ezgulik, go‘zallik, yaxshilik, adolatga nisbatan qarash va ko‘nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi.

2. Ta’lim – ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdagi ikki yoqlama (ya’ni, o‘qituvchi va o‘quvchi fao- liyati) jarayon bo‘lib, u kishini shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.

Ta’limning boshlang‘ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat. Shuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish vazifasini ham bajaradi.

O‘qitish tushunchasi insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir.

 

O‘qitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi.

2.1. «Ta’limning milliy modeli – O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yangilangan sog‘lom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish. ta’lim-tarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual ma’naviy va axloqiy saviyasiga ko‘ra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish bo‘yicha belgilangan nazariy-metodologik. amaliy pedagogik yondashuvlar majmuyi. Ta’limning milliy modelida ma’naviy intellektual jihatdan barkamol shaxsning o‘z ijodi, qobiliyatini to‘la namoyon etishini ta’minlash ko‘zda tuti- ladi».

3. Ma’lumot berish – bu o‘rganilayotgan obyekt (ta’lim-tarbiya jarayoni, ta’lim-tarbiya oluvchi va h.k.)ning muhim xususiyatlari va xossalari haqidagi ma’lumotlarni ifodalash jarayoni bo‘lib, unda obyekt to‘g‘risida sonli va sifatli ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘ladi.

Ma’lumot berish – bunda nafaqat o‘qitish, balki o‘ziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko‘zda tutiladi.

Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim. hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dun- yoqarashlar majmuyi.

Bilimlar-odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan va umumlashgan tajribasi. Ilmiy bilimlar obyektiv olamni ancha to‘g‘ri aks ettiradi. Ilmiy bilimlar doimiy emas. ular hammasi o‘zgarib, takomillashib boradi.

Bilimlar asosida o‘quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xoti- ra singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo‘ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g‘oyalar tizimi tarkib topadi.

Pedagogika fani tarbiyaviy va o‘quv ishlarning mazmuni, tamoyillari. ularni tashkil etish shakllari, usullari hamda yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Pedagogika fanining asosiy tushunchasi barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Pedagogika fanining asosiy faoliyati oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi harakatlar (jarayonlar) majmuyi.

Tarbiyalash va o‘qitish jarayoni (natijasi)da, odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxsni tarbiyalash va o‘qitish orqali o‘zida oldin bo‘lmagan ma’naviy intellektual sifatlarga ega bo‘ladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning intellektual salohiyatli bo‘lib yuksalishiga olib keladi.

Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida PEDAGOGIKA fani – falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtiso- diyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, pediatriya, matematika, informatika, sinergetika, mantiq, sun’iy tafakkur va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq fan sifatida faoliyat olib boradi.

Pedagogika fani nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlar- ning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalaniladi.

2.2. Pedagogika fanining metodologik asoslari

Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo‘lib, u turli fanlar bilan uyg‘un holda qadim-qadim zamonlardan rivojlanib kelgan. Alloh yer-u osmonni, butun borliqni inson uchun yaratib, unga aql gavharini, tafakkur qili-sh qobiliyatini berdi. O‘zining mavjudligi, har bir ishga qodirligini, ilmda tengsizligini, mehr-muruvvatda beqiyosligini bildirdi.

Islomda ham dunyoviy ilmlarning barchasi Qur’oni Karim ta’limoti bilan bog‘liq va uyg‘un holda berilgan.

Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Pifagor, Arastu, Aflotunlar g‘oyaga asoslangan, o‘zlarining inson kamoloti va tarbiya masalalari- ning falsafiy negizini yaratgan. Arastu «Iskandarga nasihatlari» da (U Iskandar Zulqarnaynning ustozi bo‘lgan va Iskandar ham o‘z navbatida Arastuni o‘z otasidan ustun qo‘ygan) insonni eng yuksak fazilati taqvodorlik, iymonli ilmli bo‘lishligini ta’kidlagan edi, ya’ni: «Taqvodorlik iymon vositasida kamol topadi. Iymon esa fikru andisha soyasida hosil bo‘ladi», degan edi.

Ilmda xosiyat ko‘p, chunki u, taraqqiyot kaliti, insonning qalb ko‘zidir. Bunda ilm aqldan quvvat olganligi sababli, aql ma’naviy haqiqatlari bilan insoniyat jamiyatining dunyoviy ishlarida intizom yaratadi. Bu haqda ulug‘ matematik va faylasuf olim Pifagorning quyidagi fikrlari fikrimizning isbotidir. Ular:

• «Donishmandlik nima?

Tartib-intizo‘llilik. Donishmand bo‘lay desang hamma narsani joy-joyiga qo‘y. O‘tkinchi shuhratdan oqil kishining kundalik ishidagi tartib a’loroq».

Yetuk shaxslarning (olimlar, donishmandlar, faylasuflar, yozuvchilar, shoirlar, qahramonlar, davlat arboblari va shu kabilar) hayoti va faoliyati ulug‘ ibrat, tarbiya sabog‘idir.

Hozirgi kunda ham ilm-fanning turli sohalari, shuningdek, fan, adabiyot, san’at, falsafa va boshqa sohalarda ijod qilganlarning ismi shariflarini yo‘qlash, qilgan ishlaridan foydalanish, insoniyatning og‘irini yengil qilganliklari ularni eslab, yod qilib turilishi nihoyatda ahamiyatlidir.

Shu sababli ham yuqorida ta’kidlaganimizdek, olim-mutafakkirlarimiz olamga mashhur bo‘lganlar. Ulardan ayrimlarining fikrlarini keltiramiz. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning «Arifmetika» asari boshlanishidagi fikrni keltiramiz: «Rahimli va mehribon Tangriga loyiq maqtovlar aytaylik, unga minnatdorchiligimizni bildiraylik va uni ko‘klarga ko‘tarish bilan maqtovini oshiraylik, unga ibodat qilaylik, toki, u bizni adolat sari boshlab, haqiqat yo‘lidan olib borish va bizga 9 ta raqamdan iborat hind hisobi haqida bayon etishga qilgan qarorimizga yordam bersin». Ya’ni, «Arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi «Al-jabr va al-Juqobala hisobi haqida qisqacha xitob» ni ta’klif qildim, chunki meros taqdim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlash- da va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuning- dek, yer o‘lchash, kanallar o‘kazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».

Abu Ali ibn Sino – «Shayx ur-rais», ya’ni «Olimlar boshlig‘i», «Tabiblar podshohi» no‘llariga sazovor bo‘lgan olim. Uning tarjimai holidan quyidagi fikrni o‘qishimiz mumkin: «Agar biror masaladan boshim qotib, qiyosda o‘rtacha ta’rifni topa olmasam, jome’ masjidiga borardim va namoz o‘qib, Yaratguvchiga yolborardim, natijada qorong‘u narsalar menga oydinlashar, mushkullar oson- lashar edi».

Abu Ali ibn Sino o‘zining quyidagi asarlari bilan ma’rifatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixiga katta hissa qo‘shdi:

• Falsafa, tibbiyot va tabiatshunoslik sohalariga oid «Kitob al-qonun fit-t-tibb» («Tib ilmlari qonuni»); «Kitob ash-shifo‘ («Jonni saqlash kitobi»); «Kitob an-najot» («Najot kitobi»); «Kitob an-insof» («Insof kitobi») va shu kabi asarlar.

• Axloqqa va ma’rifatga oid «Risola fi ilm al-axloq» («Axloqqa oid risola»); «Risola fi fazilat an-nafs» («Nafsni pokiza tutish haqida risola»); «Risola fi al-ahd» («Burch haqida risola»); «Kitob an-insof» («Adolat haqida kitob») va shunga o‘xshash ta’lim-tarbiyaga oid boy asarlardan iborat ma’naviy merosni kelajak avlodga qoldirdi.

Buyuk davlat arbobi va ilm-fan homiysi, olim va o‘z davri ta’lim tizimining bosh islohotchisi, ma’rifatparvar inson, dunyoda birinchi hisoblash markazining tashkilotchisi Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatida ham dunyoviy ilmlar o‘qitilishiga katta e’tibor berilgan.

Ulug‘bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida mudarrislar, talabalar bilan rasad- xonada amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni talab etib, bu ishlarga bevosita o‘zi rahbarlik qilgan.

Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiya sohasida o‘sha zamonlarda, hattoki hozirda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan fikrlari pedagogika fani metodologik asoslarini tavsiflashda nihoyat- da muhimdir. Ya’ni. u ta’lim berish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim, deb ta’kidlaydi:

• ta’lim oluvchini zeriktirmaslik kerak;

• talabalarga bilim berishda bir xil narsa va ma’lumotlarni doimo bir xil usulda o‘rgatavermaslik kerak;

• uzviylik va izchillik asosida mavzularni qiziqarli qilib o‘rgatish yo‘llarini kashf etib borish lozim;

• ta’lim berishda mashg‘ulotlarni ko‘rgazmali qilib borishga erishish kerak;

• talabalarning bilim olishida ularning ilmlarni egallashiga, tushunib harakat qilishni, ya’ni ijodiy intilishiga va qiziqishiga e’tibor doimo ta’lim beruvchining diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim.

Abu Rayhon Beruniy ta’lim-tarbiya jarayonida muhitning ahamiyatiga alohida e’tibor bergan va u, «barcha illatlarning asosini bilimsizlik tashkil etadi». degan fikrda qat’iy turgan.

Beruniy inson kamolotidagi omillarni quyidagi asosiy qismlarga bo‘ladi:

• ma’rifat va ta’lim beruvchining ilm-ma’rifatli bo‘lishi:

• ilm-fanni e’tirof qiluvchi muhit;

• ijtimoiy muhit va to‘g‘ri tarbiya;

• ta’lim beruvchining yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi.

Bular bugungi pedagogikaning metodologik asoslarini yaratishda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida o‘rta asrlardagi qomusiy olimlar bilan birga, keyinchalik chex olimi Yan Amos Komenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotssi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiylar katta his- sa qo‘shganlar.

Hozirgi kunda barkamol shaxs tushunchasi fuqarolik jamiyatini qurish, «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratish» uchun fidoyi farzand bo‘lish tushunchalari bilan bog‘lanib ketdi. Biz endi alohida-alohida yetuk shaxslargina emas, balki barkamol avlodni

shakllantirishimiz va tarbiyalashimiz lozim. Ana shundagina barkamol avlodlardan, intellektual salohiyatli shaxslardan iborat jamiyatga ega bo‘lamiz. Bu borada Birinchi Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov «Turkiston» gazetasi muxbiri bilan suhbatida quyidagi qimmatli va ko‘rsatmali fikrni aytganlar: «Endi oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirish, boshqacha aytganda, ozod, o‘z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladi- gan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil insonni tarbiyalashdan iboratdir».

Demak, hozirda pedagogika fanining metodologik asosi tadqiqot metodlari, maqsad va vazifalari, yangi yo‘nalishlari, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va metodlari hamda boshqa bir qator muammolar yangicha yondashuv, ya’ni milliy mafkura asosida yaratilishini taqozo etmoqda. Shuningdek, Prezitendimiz 1.A.Karimov o‘z risola, nutq va suhbatlarida ilgari surgan fikrlar, g‘oyalar, ana shu fikr va qarashlar asosida yaratilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» ham pedagogika fanining metodologik asosi sanaladi.

Shu bilan birga pedagogika fanining ham o‘z ildizlari, sarchashmalari mavjud. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham bosh masala Inson, uni barkamol etib tarbiyalash bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo‘lgan ta’limiy-axloqiy asarlarda ham amaliy masalalar tahlil etilganki, uning asosida inson shaxsini ma’naviy- axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo sifatida namoyon bo‘lgan. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asaridan boshlab, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Sa’diyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» va boshqa juda ko‘p didaktik asarlarning har birini bir pedagogik darslik, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Biz ana shu asarlarga tayangan holda tadqiqot ishlarini olib borgan taqdirdagina, pedagogikaning ilmiy asoslarini boyitgan boiamiz.

Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov bu borada shunday degan edi: «O‘z- bekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:

• umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

• xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

• insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

• vatanparvarlik».

O‘zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda pedagogika fani va uning metodologik asoslariga bevosita bog‘langan holda, har bir pedagogik masalaga ijodiy, rivojlantiruvchi nuqtai nazardan yondashish zarurdir. Ana shunda mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakl lanayotgan pedagogika – inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi zamonaviy metodlar va texnologiyalar hosil bo‘lgandagina haqiqiy milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar.

 

Bu borada Respublikamiz Birinchi Prezidenti ning quyidagi vazifaviy (ko‘rsatmali) fikri ahamiyatlidir: «o‘z-o‘zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalan- gan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demok- ratik jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifa- larni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega».

2.3. Pedagogika fanining tarmoqlari. Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati.

Pedagogikada ta’lim va tarbiya jarayonlarining turli jihatlarini o‘rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo‘limlar mavjud. Ular:

1. Didaktika – bu o‘qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shug‘ullanadigan soha. Didaktika pedagogikaning ta’lim jarayonidagi umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir. Didaktika yunoncha so‘z bo‘lib, «didasko‘ – o‘qitish, «didaskol» – o‘rgatuvchi, degan so‘zlardan kelib chiqqan.

Muayyan bir fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o‘sha

o‘quv predmetining umumiy jihatlarini muayyanlashtiradi va ularda o‘qitishning umumiy jihatlari namoyon bo‘ladi.

2. Pedagogikada tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog‘i – bunda shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda e’tiqod, dunyoqarash, axloq singari ma’naviy jihatlarni shakllantirish masalalarining yechimi qaraladi.

3. Pedagogika tarixi – bu jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani va amaliyotining jamiyat taraqqiyoti turli davrlarida qanday mazmun-mohiyatga egaligi, ularning qanday shaklda ifodalanganligi, qaysi usul, vosita, uslubiyat va shakllardan foydalanib faoliyat ko‘rsatganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalarni o‘rganadi.

4. Pedagogikaning maktabshunoslik sohasi – bunda ta’lim- tarbiyani tashkil qilish, uyushtirish va uni boshqarishga oid bo‘lgan tashkiliy-pedagogik qonuniyatlar o‘rganiladi va ularga mos qonu- niyatlar tadqiq etiladi.

Mazkur soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishda, albat- ta, ta’lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari e’tiborga olinadi. Bu, shuningdek, muammo yechimidagi natijalarning hayotiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab muayyan yoshdagi ma’lum hayotiy va aqliy tajribaga ega bo‘lgan kis- hilarning hayotiy faoliyati (turmush tarzi) turlichaligidir.

5. Defektologiya – bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, o‘qitish va shakllantirishdagi o‘ziga xosliklarni hisobga olib ish ko‘radigan pedagogika fani tarmog‘i.

Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligiga va ularga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:

– tiflopedagogika;

– surdopedagogika;

– oligofrenopedagogika.

Shu sababli ham pedagogika quyidagicha turlardan iborat:

– oila pedagogikasi;

– maktab ta’limi pedagogikasi;

– umumiy pedagogika;

– pedagogika tarixi;

– maxsus (surdo, tiflo. oligrofreno) pedagogikalar;

– oliy ta’lim pedagogikasi;

– xususiy metodika;

– qiyosiy pedagogika.

Fan-texnikaning jadal rivojlanishi natijasida soha pedagogikalari rivojlanib. bir qator pedagogika sohalari vujudga kelmoqda. Masalan, ishlab chiqarish pedagogikasi, sport pedagogikasi, harbiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika va hokazo.

Ta’limning sinf-dars tizimi ham pedagogikaning maktabshunoslik sohasiga tegishli bo‘lib, maktabda ta’lim jarayonini tashkil etish tizi- midan iborat. Ushbu tizimda o‘quvchilarni yoshlariga va o‘qish muddatlariga qarab muayyan sinflarga ajratiladi. Bunda ham DTS talablari asosda ta’lim o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq sinf-dars tizimida mashg‘ulotlar olib boriladi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan pedagogik ta’limning asosiy maqsadlaridan biri tarbiyaga barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida qarashidir.

Yosh avlodni kelgusi hayotga barkamol qilib shakllantirish ruhiy va ma’naviy jarayonlarga bog‘liq. Pedagogika fanining asosiy maqsadi bo‘lajak tarbiyachi-o‘qituvchilarning ongli faoliyatida maqsadli tarzda o‘z ustida ishlash, intilish. Muntazam ravishdagi izlanish, tanlangan vosita va metodlardan foydalangan holdagi tarbiyachilik san’atini o‘rgatishdir.

Bu mazmun quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

• kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga joriy qilishdagi bosh muddao barkamol shaxsni shakllantirishning bir butun holatidagi muammolarni hal etish;

• ta’lim-tarbiya samaradorligini muntazam ravishda oshirib borish hisobiga uni jahon talablari darajasiga olib chiqish masalalarini hal qilishga ijodiy yondashuvni amalga oshirish;

• umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borishga imkoniyat yaratish;

pedagogik tadqiqotlarni kompyuterlashtirishga erishish, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish.

7. Uzluksiz ta’lim tizimida bola tarbiyasi rivojining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish hamda barkamol avlodni shakllantirishga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishish. Bunda mustaqillik mafkurasini insonlar ongiga singdirish usullari, shakllari, yo‘llari, vositalari va ularning axborotli ta’minotlarini ishlab chiqib, hayotga joriy etish orqali yoshlarda o‘zligini bilishi, o‘z-o‘zini boshqara bilishi, o‘z- o‘zini tarbiyalay olishi kabi xislatlarni takomillashtirish.

8. Pedagogik diagnostika va prognoztika yo‘nalishida ilmiy- tadqiqot ishlarini davr talabiga mos rivojlantirish. Bunda ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan samarali foydalanishga erishish.

9. Ta’lim-tarbiya tizimida modelli, modulli ta’lim texnologiyalariga keng o‘rin ajratish va ular asosida kompyuter uchun muloqotli ishchi dasturlar tayyorlab, kompyuterli tizimlar yaratishga erishish va ulardan ta’lim-tarbiyaning innovatsion xususiyatlarini vujudga keltirishda keng foydalanish.

10. Ta’lim-tarbiya jarayonida reyting-nazorat tizimiga katta e’tibor berish va bu jarayonlarni boshqarishni zamonaviy kompyuterlar zimmasiga yuklashga harakat qilish.

11. Uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya tizimining maqsadi, vazifasi va mazmunini zamonaviy davr talablari asosida tubdan isloh qilishga erishish.

12. Ta’lim-tarbiya tizimi metodologiyasini tubdan isloh qilish konsepsiyasini, komil inson modelini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish.

13. Ta’lim-tarbiya jarayoniga bir butunlikda qarab, unga «tizimiy yondashuv» tadqiqot usulini qo‘llashga erishish.

14. Tarbiyaning umumiy metodlarini takomillashtirish, sharq xalq- larining tarbiya borasidagi tajribalarini qo‘llash metodikasini yaratish, tarbiya mazmuni va metodini insoniylashtirish;

• pedagogika-tarbiyashunoslik qoidalarini. qonunlarini ilg‘or pedagogik tajribalar asosida boyitib borish, yangi metodlarni izlab topish va qo‘llashga doir tadbirlar ishlab chiqish;

• bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarni kasbiy va ixtisoslik tayyorgarliklarini talab darajasiga yetkazish masalalariga e’tibor qaratish;

• uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal etish.

PEDAGOGIKA fanining dolzarb muammolari:

1. Pedagogika fanini milliy pedagogika sifatida tarkib toptirish va uni jahon fanlari tizimida yuqori darajaga ko‘tarish.

2. Pedagogika fani milliy mafkura. kadrlar tayyorlash milliy modeli, taraqqiyotning «o‘zbek modeli» talablari va ilg‘or rivojlangan davlatlar ta’lim standartlari asosida innovatsion yondashuvlar bilan o‘z metodologiyasi va yo‘nalishlarini tubdan isloh qilish.

3. Pedagogika fanidagi tadqiqot saviyasi va uning metodologiyasiga innovatsion tus berish. ulardagi sifat o‘zgarishlari va samaradorlikni muntazam ravishda baholab borishga erishish.

4. Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda boshqa fanlarning ilg‘or yutuqlaridan foydalanishga erishish. shaxsni bir butunlikda o‘rganish va uni shakllantirish metodologiyasini yaratish.

5. «Pedagogika fanlari tizim va tarkibini takomillashtirish, ijtimoiy pedagogika sohasida oila pedagogikasi. ma’naviyat-ma’rifat pedagogikasi alohida fan sifatida tarkib topishi. Professional pedagogikada iqtidorli bolalarni tanlash va ularni o‘qitish, maktab, litsey, kollej, malaka oshirish, oliy va xususiy o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish.