PEDAGOGIKA

Abonelik
0
Yorumlar
Parçayı oku
Okundu olarak işaretle
Satın Aldıktan Sonra Kitap Nasıl Okunur
  • Sadece Litres Olarak Okuma “Oku!”
Yazı tipi:Aa'dan küçükDaha fazla Aa

Kelajakda nafaqat bilimlar banki, balki ta’lim tizimini egallash kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka ham jahon ta’limi talablariga javob beradigan bo‘lishi lozim. Shu sababli xalq ta’limi tizimi oldiga qo‘yilayotgan qator vazifalar davlat siyosati darajasiga aylantirilgan. Shuning bilan birga samarali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqarish va ularni amaliyotda joriy etish bugungi kundagi ilmiy-tadqiqot ishimiz diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim.

Bunda ilmiy-tadqiqot ishining ilmiy-nazariy asoslarini e’tiborga olgan holda ta’lim texnologiyalarini yaratishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

– rejalashtirilgan ta’lim texnologiyasiga ijtimoiy-pedagogik asoslar nimalardan iborat ekanligini aniqlash;

– ta’lim texnologiyasining jarayon sifatida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ierarxik qat’iy ketma-ketligi mavjudligini aniqlash va ularning funksional tuzilmasi nimalardan iboratligini belgilash;

– mavjud texnologiya bugungi kun talabi va jahon ta’limi talablariga mos kelishligini o‘rganib chiqish;

– agar qaralayotgan ta’lim texnologiyasi yaxlit tizim sifatida qaralsa, uning tuzilmasi tashkiliy-funksional qism tizimlar (element- lar) bo‘yicha ifodalash mumkinligini o‘rganish;

– ta’lim texnologiyasining maqsadini o‘rganilayotgan o‘quv predmeti (muayyan tarbiya jarayoni) maqsadlari bilan mos keltirish.

Ta’lim texnologiyasi – aniq bir o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan qonun-qoida, metod va usullaridan iborat bo‘lib, u ta’limda ko‘zlagan maqsadga erishish bosqichlarini o‘zida aks ettirgan va ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq boshqarishga erishish imkonini beruvchi jarayondir.

Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda. ayniqsa, pedagogik samaralar beradigan ilmiy-uslubiy ishlanmalar yaratishda nazariy xulosa va umumlashtirishlarga tayanadigan ham nazariy, ham amaliy fikrlash tadqiqotchida rivojlangan bo‘lishi kerak. Bu borada tatqiqotchi ilmiy fikrlash uchun quyidagilarga e’tibor berishi kerak:

– tadqiqot maqsadini aniq ifodalay bilishi kerak;

– ilgari bajarilgan nazariy yoki tajribaviy (eksperimental) tatqiqotlarga tayanadigan farqni ishlab chiqqan bo‘lishi zarur;

– tadqiqot metodologiyasini shakllantirgan bo‘lishi lozim;

– tadqiqot bosqichlarini aniqlab chiqa olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak;

– ishlab chiqilgan uslubiyat va rejaga mos qo‘shimcha xususiy tadqiqotlar ham o‘tkaza olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur;

– olingan natijalarni ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qila olishi kerak;

– xulosalarni ifodalashning tavsifli ekanligini vodda tutishi lozim.

Pedagogik tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha ilm-fan tarixidagi dalillar misolida ilmiy izlanishning mantiqiy ketma-ketligi haqida ilmiy fikrlar tadqiqotchida shakllangan bo‘ladi. Bunda olimlarning u yoki bu nazariy yoki eksperimental kashfiyotlarga qanday erishganliklari tahlili haqidagi ma’lumotlar muhim rol o‘ynaydi. Qanday muammolar olimlarni tadqiqotlar bilan shug‘ullanishga undaganligini, nima sababdan fan rivojlanishi bosqichida ushbu muammo hal etilganligini, bu tadqiqot texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi bilan qanday bog‘langanligini ochib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, tadqiqotchida dialektik fikrlash usulining shakllanishida zarur omil bo‘lib hisoblanadi. Bularni e’tiborga olib pedagogik tadqiqotlar olib borishda muayyan yo‘nalish bo‘yicha bilimlar tizimini ishlab chiqish kerakki, ularni bajarish davomida tadqiqotchi deduksiya usulidan foydalanib, ilmiy-uslubiy ishlanmalar haqida xulosalar chiqara olishga erishsinlar.

Ma’lumki, har bir tadqiqotchi oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni o‘rganish. O‘zlashtirish va rivoj lantirish vazifasi turadi. Inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotini shularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun ta’lim tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, yosh avlodni ilm-fan

asoslari bilan chuqur qurollantirish lozim. Zero, ilm olish va uni takomillashtirish yo‘lidagi izlanish hamda zahmatlar insonning e’tiqodi va dunyoqarashini shakllantirib, uni ma’naviy-axloqiy kamolot sari yetaklaydi. Bu borada olib borilayotgan pedagogik tadqiqotlar amaliy ahamiyatining roli beqiyos.

Shu sababli pedagogik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asoslari bilan, ularning amaliy ahamiyati ham e’tiborga olinadi. Amaliy ahamiyatini ilmiy asoslanganligini baholashda, bu boradagi ilmiy-nazariy ishlanmalarni nechog‘lik amaliyotga foydasi tegishini tajriba-sinov ish- lari natijalaridan ko‘rish mumkin.

Olingan natijalar tahliliga asoslanib, ta’lim oluvchilar va beruvchilardagi bu bilimlar, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bilan belgilangan milliy yo‘naltirish tamoyillarini to‘liq amalga oshirish imkoni yetarliligi aniqlanadi. Bunda, asosan tajriba-sinov ishini amalga oshirish xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchini tegishli axborotlar bilan ta’minlashda zamonaviy axborot texnolo- giyalaridan foydalanish shakllari, usullari, vositalari va mazmuni ishlab chiqiladi.

Pedagogik tadqiqotlar xususiy o‘qitish metodikasiga tegishli bo‘lganda, asosan, natijalarni miqdoriy taqqoslash mezonlari va ularning geometrik interpretatsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda, asosan, yaratilgan ta’lim texnologiyasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari bilan nazorat guruhidagi sifat ko‘rsatkichlari taqqoslanadi va ularga miqdoriy tavsiyanomalar berilib, shular asosida uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi.

Ilmiy-tadqiqot ishining keyingi bosqichida belgilangan pedagogik samaradorlik mezoni asosida tajriba-sinov ishi natijalarini baholashda ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyasini amaliyotga qo‘llashdagi tajriba-sinov ishi natijalari bo‘yicha muammo qilib qo‘yilgan maqsadga erishganlik tashxis qilinadi. Bu jarayon ham o‘ziga xos ijodiy jarayon bo‘lib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning samaradorligi kelajakda shug‘ullanilayotgan yo‘nalish taraqqiyotiga mazkur ishlanmalar ta’siri salmog‘ini baholay bilishdan iboratdir. Keyin tadqiqot natijasining mos sohasini takomillashtirish va rivojlantirish shu tariqa bashorat qilinadi.

Shakllangan tashxis va bashorat orqali ilmiy-tadqiqot ishiga xulosa chiqarilib. umumlashtirilib, erishilgan maqsad aniqlanadi va undan tadqiqotning nazariy hamda amaliy ahamiyati hisobga olinib, yaratilgan ishlanmalarni amaliyotga qo‘llashga yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar tayyorlanadi.

Ilmiy-tadqiqot ishining qayd etilgan amaliy ahamiyatining bahosi rasmiylashtiriladi va lozim topilganda ulardan ommaviy foydalanish uchun risolalar tayyorlanadi.

Ilmiy-tadqiqot ishining qayd etilgan ketma-ketligini joriy qilish- da, o‘z navbatida, tadqiqotchidan dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish. qayta ishlashdan tortib, ta’lim modullari yoki modellarni tuzish uchun ilmiy-tadqiqot ishini yuqori saviyada olib borishni talab etadi. Tabiiyki, bu bilan ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyalarining hayotiyligi oshadi va pedagogik samaradorlikni ta’minlash kafolatlanadi.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Pedagogika fani nima haqida bahs yuritadi?

2. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasini aytib bering.

3. Pedagogika fanining bo ‘limlari deganda nimani tushunasiz?

4. Pedagogika fanining dolzarb muammolarini aytib bering.

5. Pedagogika fanining vazifalari nimadan iborat?

6. Pedagogikaning metodologik asosini nima tashkil etadi?

7. Intellektual avlod tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?

8. Pedagogika fanining rivojiga hissa qo ‘shgan Sharq va О‘rta Osiyo olimlaridan kimlarni bilasiz?

9. Komil inson tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?

10. Pedagogikaningshug‘ullanuvchi sohasi maqsadi va vazifala- rini ifodalovchi shaklni tushuntiring.

11. Ilmiy-tadqiqot ishi haqida tushuncha bering.

12. Ta ‘lim texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?

13. Pedagogik tadqiqot olib borishda nimalarga e ‘tibor qaratish kerak?

14. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganda nimani tushunasiz?

15. Kuzatish metodini tushuntirib bering.

16. Pedagogik eksperiment va uning turlarini izohlab bering.

17. Anketa metodi deganda nimani tushunasiz?

18. Ilmiy-tadqiqot jarayonining uzluksizligi deganda nimani tushunasiz?

19. Test sinovlari metodining vazifasi nimadan iborat?

20. Pedagogik ilmiy xodimlar tayyorlash jarayonining uzluksizligi nima?

Test savollari

1. Inson tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi fan bu…

A) Psixologiya B) Pedagogika

D) Tarixiydagogigika E) Filosofiya

2. Pedagogik fanining ilmiy-tadqiqot usullari…

A) Kuzatish usuli, suhbat usuli

B) Hikoya usuli, suhbat usuli, ma’ruza

D) Induktiv usuli, deduktiv usuli

E) Illustrativ uslubi, demonstrativ uslub

3. «Pedagogika» atamasining ma’nosi nimani anglatadi?

A) Bolani o‘qitaman

B) Bolani yetaklayman

D) Bolani tarbiyalayman

E) Bolani tarbiyalayman va o‘qitaman

4. Pedagogika fanlari tizimi qaysi variant javobida to‘g‘ri ko‘sratilgan?

A) Umumiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, kasb ta’lim

B) Maktabgacha ta’lim pedagogikasi metodikasi, pedagogika tarixi, ta’limni boshqarish va boshqalar

D) Umumiy pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, korreksion (maxsus) pedagogika, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogikasi va logopediya

E) Pedagogik mahorat, ijtimoiy pedagogika, pedagogika tarixi

5. Pedagogika fani konsepsiyasining asosiy mazmun-mohiyati nimadan iborat?

A) Pedagogika faninig rivojlanish istiqbollarini belgilashdan

B) Pedagogika fanining yangi yo‘nalishlarini belgilashdan

D) Pedagogika fani erishgan yutuqlarni targ‘ib qilishdan

 

E) Pedagogika fani erishgan yutuqlarni amaliyotda qo‘llashdan

6. Qaysi olimnmng asarida pedagogika alohida fan maqomiga ega bo‘ldi?

A) Abu Ali Ibn Sinoning «Donishnoma» asarida

B) Abu Nasr Forobiyning «Baxt-saodatga erishuv» asarida

D) Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida

E) Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida

7. Pedagogikaning bosh masalasi…

A) Tarbiya B) Barkamol inson

D)Ta’lim E) Ta’lim-tarbiya

8. Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

A) Matematik-statistik, evristik, innavatsion tajriba

B) Tabiiy tajriba. laboratoriya tajribasi. tajribi ishi

D) Bolalarni ijodini o‘rganish, statistika va boshqalar

E) Laboratoriya tajribasi, amaliy tajriba. anketa-sinov tajribasi

9. Pedagogika tarixi qanday fan?

A) Siyosiy B) Huquqiy D) Ijtimoiy E) Didaktik

10. «Pedagogiya, ya’ni bola tarbiyasining fani, demakdir», pedagogikaga bu ta’rif kim tomonidan berilgan?

A) Shakuriy B) Hamza D) Avloniy E) Ayniy

11. Pedagogika olamiga «evristik» savol-javob suhbatning metodini olib kirgan faylasuf kim?

A) Aflotun B) Suqrot D) Arastu E) Demokrit

12. Pedagogika fanining predmeti nimadan iborat?

A) Ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari va mazmunidan

B) Ta’lim-tarbiyaning usullari va vositalaridan

D) Dunyoning moddiy va ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligidan

E) Hamma javoblar to‘g‘ri

13. Pedagogika fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari nechta?

A) 10 ta В) 11 ta D) 12 ta E) 13 ta

14. Pedagogika qanday fan?

A) Shaxs haqidagi fan B) o‘quvchilar haqidagi fan

D) O‘qitish haqidagi fan E) Tarbiya haqidagi fan

15. Pedagogika tizimining maqsadi nima?

A) Barkamol insonni tarbiyalash

B) Insonni ma’rifatli va ma’lumotli qilish

D) Bilimni oshirish

E) Pedagogik faoliyatni o‘stirish

16. Pedagogik nazokatning mag‘zi bu…

A) Tarbiyalanuvchilarning muomalasi

B) Tarbiyalanuvchilarning shaxsga bo‘lgan hurmati

D) Tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati

E) Tarbiyalanuvchilarning xushfe’lligi

17. Inson bu…

A) Tirik biologik mavjudot

B) Ijtimoiy mavjudot

D) A va В javob to‘g‘ri

E) Muayyan jamiyatning a’zosi

18. Zamonaviy pedagogika faniga qaysi javobda to‘g‘ri ta’rif berilgan?

A) Tabiatning oliy mahsuli

B) Insonning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk bo‘lib shakllanishiga, uning shaxs sifatida rivojlanishiga xizmat qiladigan fan

D) Barkamol shaxs bo‘lib yetishishdagi qonuniyatlarni o‘rganuvchi fan

E) Barcha javoblar to‘g‘ri

19. Pedagogikaning bosh masalasi nima?

A) Tarbiya B) Bilim

D) Odob-axloq E) Malaka

Insonni inson qilib yetishtiruvchi narsa – tarbiyadir.

Demokrit

3-MAVZU: SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

Reja:

1. Pedagogik antropologiya. Individ va shaxs haqida tushuncha. Shaxs tarbiya obyekti va subyekti sifatida.

2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi.

3. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

4. Barkamol shaxs tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy asoslari. Shaxs kamolotining yoshlar dunyoqarashidagi ahamiyati.

Mavzuning maqsadi:

Shaxs, individ, barkamol shaxs, o‘quvchilarning yosh davrlari to‘g‘risida ma’lumot berish hamda ularda dunyoqarash, axloq, intizomni shakllantirish.

Mavzuning vazifalari:

– shaxs va individ tarbiya jarayonini obyekti va subyekti ekanligi. shaxs rivoj lanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatlarini yoritish;

– shaxsni kamol toptirishda ta’sir etuvchi omillarning rolini ko‘rsatish:

– shaxs shakllanishini yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo‘lish;

– barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy asoslarini ko‘rsatish.

Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salomatlik. ta’lim-tarbiya. shaxsning rivojlanishi. shaxsni rivojlantiruvchi omillar, ta’lim-tarbiya. biologik,

ijtimoiy omillar, irsiyat, muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, mahalla, maktab, tarbiya, shaxsning kamol topishida tarbiya va faoliyatning bog‘liqligi, go‘daklik davri, yangi davr, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, o‘smirlik davri, o‘spirinlik davri, jismoniy va ruhiy kamolot, barkamol shaxs.

3.1. Individ va shaxs haqida tushuncha.

Shaxs – tarbiya obyekti va subyekti sifatida.

Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillar

Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. «Individ» lotincha «individium» so;zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.

Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.

Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.

Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi.

Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak? – degan savolning tug‘ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim.

Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Rivojlanish – shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomillashuvini namoyon etadigan jarayon bo‘lib, bunday xislatlar tug‘ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo‘ladi. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysinadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysinadi. Bulardan tashqari odamning barkamol inson bo‘lib shakllanishida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asoslarida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahami- yatga egadir.

Ma’lumki, inson hayoti davomida jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida, bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.

Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarishlar jismoniy rivojlanishiga taalluqlidir. Odam bo‘yining o‘sishi, gavda og‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka sig‘imi, tayanch-harakat a’zolarining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish

ko‘rsatkichlaridir. Bunga hikmatlarda ham e’tibor qaratilgan. Xususan, ulardan birida «Salomatlik – bu bebaho boylik. Shu bois, u inson uchun berilgan birinchi baxtdir», – deb qayd etiladi.

Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taal- luqlidir.

Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning samaradorligi va h.k), shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o‘rin tutadi. Shaxs sifatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun turli munosabatlar jarayonida uni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir soha sifatida namoyon bo‘layotgan ekan, shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan «shaxs» quyidagicha ta’riflanadi:

Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti- harakatlarning miqdoriy va sifat o‘zgarishi jarayonidir.

Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan (3.1.1-shakl).

3.1.1-shakl

Irsiyat – bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo‘lgan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning nasi (bola)ga o‘tish jarayoni.

Nasldan naslga o‘tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat. asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko‘zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari ham nasldan naslga o‘tadi. Iste’dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo‘naltirilgan emas. Iste’dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettiradi, xolos. Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste’dod nishonasi aks etganda. aynan shu iste’dodning shakllanishida muhim rol o‘ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga oila muhitini nazoratdan chetda qoldirmaslik lozim.

Fiziologiya va psixologiya fanlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat go‘yo «mudroq» holatda bo‘lib, uning «uyg‘onishi» – rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi.

Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog‘liq.

Muhit – bu shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi voqea- hodisalar majmuyi. «Muhit» tushunchasi o‘ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.

Mikromuhit o‘zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog‘da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa, yo‘q bo‘lishi yoki «mudroq» ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit. unda shaxsning shakllanish jarayoniga, ta’siri roliga alohida e’tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta’siri g‘oyat muhim ekanligini ta’kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas, u ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida o‘zgarib boradi, deya ta’kidlaydilar.

 

Oila muhiti – mikromuhit ham o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois mustaqillikka erishilgandan so‘ng, o‘tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

Mavjud ijtimoiy muhit insonning o‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq holda, shaxs rivojlanishiga ta’sir etadi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.

Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:

1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o‘sishi sodir bo‘ladi. Masalan, bola o‘z ona tilini, atrofini o‘rab turgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va yozishni ta’lim olish yo‘li bilan o‘rganadi. Ma’lum bilim ko‘nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.

2. Tarbiya yordamida kishining tug‘ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar. ko‘r, soqov va h.k) bilan tug‘iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sog‘lom kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin.

3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchilik (bolalarning qarta. qimor o‘ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o‘rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.

4. Tarbiya – istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini ta’minlashda ilg‘or rol o‘ynaydi.

Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bola shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bola mavjud bo‘lgan mikromuhit mazmunini, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o‘rnatilgan aloqa mohiyati belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi, o‘quvchi, o‘rtoqlari, oilaga yaqin kishilari bilan munosabatda bo‘ladi. Ushbu munosabatlar bolaning rivojlanishida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bolaga ularning ta’siri o‘zaro muomala-munosabatida bo‘ladi. Ana shu aloqa asosida bola ajdodlar tajribasini o‘zlashtiradi, o‘zi uchun andoza tanlaydi.

Ijtimoiy munosabatlar jarayonida nutq rivojlanadi. Chunki jamiyatda bola kattalar, tengdoshlar, tarbiyachilar va turli jamoalar qurshovida bo‘ladi, u savollar beradi, kuzatadi, mulohaza qiladi. Hayotiy voqea-hodisalarni tushunishga. yaxshini yo‘londan ajratib olishga, o‘z harakatlarini davr talabiga moslashtirishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda tarbiyaning maqsad va vazifalari, axloq me’yorlari, madaniy boyliklar, jamiyat a’zolarining didi. axloqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e’tiqodlari o‘zgarib boradi va ular tarbiya vositasida bolalar ongiga singdirib boriladi. Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kunlik harakat zarur. Faoliyat yordamida bola atrof-muhit bilan munosabatda bo‘ladi, shu orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, tafakkur qilish darajasi yuksaladi, xarakter sifatlari takomilla- shib, kamol topadi.

3.2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi

Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat – o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta’lim-tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri kel- maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya shaxsning o‘zi faol ishtirok etgandagina, uning tug‘lna layoqatini uyg‘otadi, iste’dod qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi.

Tarbiyalash jarayoni

Tug‘ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yig‘laydi. Ammo ular katta bo‘lganlarida, turli mavqega ega bo‘ladi. Nima uchun?

Bola o‘z onasidan tug‘ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tarbiyalash boshlanadi, chunki, odatda, u ichki muhit asosida ona qornida tarbiya oladi.

Tarbiya insonning o‘z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kim o‘z onasidan «yo‘lon» bo‘lib tug‘ilmaydi. Tug‘ilgandan keyin ham hech bir ota-ona o‘z bolasini yo‘lon bo‘lishini xohlamaydi, balki uni ardoqlab o‘stiradi.

Har qanday vomonlik, gunoh ishlar tarbivasiz (bilimsiz. ma’naviy qashshoq)likdan kelib chiqadi.

Shaxs kamolotida tarbiyaning o‘rni haqida Demokritning quyidagi fikri qimmatlidir: «Insonni inson qilib o‘stiruvchi narsa bu tarbiyadir».

Shaxs faoliyatida ta’lim-tarbiya va ilm muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli inson buyuk shaxs bo‘lib yetishadi. Ulardan ayrimlarini ibrat – namuna sifatida keltiramiz.

Alisher Navoiy – she’riyat mulkining sultoni, uning adolatli jamiyat qurish haqidagi ta’limoti ma’lum va mashhur. U 4–5 yoshlaridayoq she’r yozishni mashq qilgan. Vatanimizda bir necha joylar: o‘quv yurtlari, viloyatlar va tumanlar, xo‘jaliklar, ko‘cha va xiyobonlar, teatrlar, metro beketlariga buyuk bobokalonimiz no‘llari bilan ataladi hamda haykallar o‘rnatilgan. Bulardan tashqari Moskva va Tokio (Yaponiya) shaharlarida uning haykallari bor. Navoiy uning taxallusi bo‘lib, «navo‘ – bu kuy degan ma’noni, «navoiy» so‘zi esa «kuy egasi», «kuvlovchi» ma’nolarini antilatadi.

Demak, to‘g‘ri tarbiya insonni ilmli, bilimli, ongli, madaniyatli, ma’rifatli qiladi va hattoki, komil inson darajasigacha yuksaltiradi.

Inson tarbiya orqali komillik sari «ko‘kka bo‘y cho‘zadi» va unda eng yaxshi «yo‘ldosh» hayotda olinadigan ibrat-namuna va kitob mutolaa qilish orqali bilimli-ma’rifatli bo‘ladi.

Qobiliyat va iste’dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatiga qiziqishi bilan bir qatorda uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli kishilar iqtidor kuchini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustlarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur yunon notig‘i Demosfen (eramizdan oldingi IV asr) omma orasida gapirgan nutqlari dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Demosfen duduq, ovozi qaltiroq, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. Uning bir yelkasi oldinga turtib chiqib turar edi. Demosfen kamchiliklarini tuzatish uchun o‘zi ustida tinimsiz ishladi: u og‘ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib olib, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgandi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she’rlar o‘qidi, ovozini charxladi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo‘ydi, u odati bo‘yicha yelkasi har gal oldga chiqqanda, qilich yelkasiga sanchilar edi. Demosfen shu tariqa haftalab uydan chiqmasdan notiqlikni o‘rganish uchun mashq qildi. Oxir-oqibat o‘zi ko‘zlagan maqsadga erishdi va atoqli notiq sifatida shuhrat qozondi.

Mashhur kishilar hayotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridan asosiy narsa – uzluksiz izlana bilish, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yetishish yo‘llarini izlash omilidir. Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyati davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularga fan asoslarini chuqur singdirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi va uni ro‘yobga chiqarish uchun tinmay izlanishi, mehnat qila olish qobiliyatini kuchli iroda va qat’iy xarakterni tarbiyalab borishi lozim.

O‘qituvchilar orasida bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi omillar va ularning ahamiyatini tushunmaydiganlari ham uchrab turadi. Masalan, ayrim o‘qituvchilar ulgurmovchi, o‘qishdan orqada qoluvchi o‘quvchilardan qutilish yo‘llarini qidiradilar. Ularni yo sinfda qoldirish yoki boshqa maktabga o‘tkazish yo‘llarini izlaydi va bunga erishadi ham. Bu kabi choralarni qo‘llash bilan biz o‘quvchilar tarbiyasini tashkil etishda ko‘zlagan maqsadga erisha olmaymiz.