Cilt 295 sayfalar
Tom Soyerning boshidan kechirganlari
Kitap hakkında
– Tom!
Hech kim javob bermadi.
– Tom!
Hech kim javob bermadi.
– Qayoqqa gumdon bo‘ldi ekan bu tirmizak?.. Tom!
Kampir ko‘zoynagini burniga tushirib, uning ustidan butun uyni ko‘zdan kechirib chiqdi; so‘ngra ko‘zoynagini peshonasiga ko‘tarib qo‘ydi-da, uning tagidan qaray boshladi. U, bolaga o‘xshagan kichik bir narsani qidirishga to‘g‘ri kelganda, hech vaqt ko‘zoynagi bilan qaramas edi, chunki bu, qalbidan sevgan birdan bir takallufli ko‘zoynagi bo‘lib, u chinakam zaruratdan emas, balki «olifta» ko‘rinish uchungina taqilar edi. Kampir pechkaning mo‘risidan ham xuddi shu taxlitda mo‘ralay olar edi. Dastlabki daqiqada u go‘yo hovliqib qolganday bo‘ldi va unchalik jahl bilan aytmasa ham qattiq ovoz bilan:
– Shoshma, qo‘limga tushib qolarsan, men seni…– deb qo‘ydi.