Cilt 193 sayfalar
Афғон шамоли 10-китоб. Тўфон
Kitap hakkında
Ezgulik yovuzlik ustidan doim tantana qiladi. Shu kungacha jangarilar safida yurib O'zbekistonda o'z hokimiyatini o'rnatish maqsadida bo'lgan razil kimsalarning topshiriqlarini itoatkorlik bilan bajarayotgan G'afurning yuragida birdan yorug'lik paydo bo'ldi. Begunoh odamlarning daryo bo'lib oqayotgan qoni uning ko'zini ochdi. Nega odamlar bir-biri bilan urishyapti, yosh demay, qari demay oldidan chiqqanni o'ldiryapti, degan savollarga javoban o'z hayoti mazmunini o'zgartirdi. Kindik qoni to'kilgan vatani, ko'z qorachig'idek ardoqlab o'stirgan xalqi tinchini saqlab qolish maqsadida G'afur endi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga yordam bera boshlaydi. Yovuz niyatli kishilarning rejalari haqida ma'lumotlar to'plash uchun boshidan ko'p qiyinchiliklarni o'tkazadi…