Cilt 663 sayfalar
Замонавий рақамли тeхнологияларнинг элeктрон тижорат самарадорлигини оширишдаги ўрни ва имкониятлари
Kitap hakkında
Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu monografiya hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan raqamli texnologiyalarning elektron tijoratda qo'llanilish sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag'ishlangan. Unda raqamli texnologiyalarning asosi bo'lgan ilmiy izlanishlar bilan bog'liq masalalar, raqamli texnologoyalarga o'tish mexanizmi, elektron tijoratning raqamli texnologiyalarga o'tísh istiqbollari, raqamli elektron tijoratning tarkibiy qismlari, elektron tijorat jarayoni bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy firibgarliklar haqida ma'lumotlar, blokcheyn texnologiyalari, suníy intellekt, bulutli texnologiyalar, buyumlar interneti, katta ma'lumotlar (Big Data), aqlli (smart) texnologoyalar, raqamli elektron bozorlar, kriptografiyaning muhim elementi bo'lgan xeshlashtirish funktsiyalari, O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish yo'nalishlari haqida bir qancha qimmatli ma'lumotlar berilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida ham asosiy tushunchalar va uning mohiyati ko'rsatilgan.Raqamli texnologiyalar va uning asosidagi iqtisodiyotda boshqaruv jarayoni (professional kadrlar orqali) – o'zaro aloqalarni boshqarishning komp'yuterli tizimi bo'lib, insoniyatning o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish borasida elektron ma'lumotlardan faol foydalanish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni olib boradi. Masalan, unda tizim faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ko'zda tutilgan. Ya'ni, mamlakatni rivojlantirish yo'llarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish uchun ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish asosida xalq xo'jaligi majmuini boshqarishning umumiy integrallashgan tizimi bo'lishi lozim. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda raqamli olam va jismoniy (yoki moddiy) olamlar kundan-kunga bir-biriga tezkorlik bilan yaqinlashib kelmoqda. Bu ikki olamning jipslashuvi, oxir-oqibat, o'zaro bog'liqlik tushunchasi katta ahamiyatkasb etuvchi idrokli olamga olib keladi. Global raqamlashtirish jarayoni esa jismoniy shaxslar, korxonalar va hukumatlarning barqaror o'sishi va ularga qulaylik yaratishni ta'minlagan holda tezligini oshirishda davom etmoqda. Bunda u global raqamlashtirish sharoitida rivojlanishning sust bo'lishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida regress holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu mamlakatlarga faqatgina yetakchi tajribalar yaratishda yangi raqobatbardosh ustunliklarni, yangicha g'oyalarga asoslangan qarorlarni qidirib topishni ta'minlovchi o'sish jarayoni yordam beradi, xolos. Tadqiqotlar shuni ko'rsatayaptiki, information texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyotga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi.