Cilt 161 sayfa
Қишлоқ хўжалигини институционал ривожлантириш
Kitap hakkında
"Monografiyada qishloq xo'jaligini institusional jihatdan rivojlantirishning ilmiy-metodologik hamda ilmiy-amaliy asoslari tadqiq etilgan. Jumladan, agrar munosabatlarning mohiyati, o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari o'rganilgan, rivojlangan mamlakatlar agrar munosabatlari tahlil qilingan va qishloq xo'jaligini institusionallashtirish muammolarini tizimlashtirishga urg'u berilgan. Shuningdek, respublikamizda institusional islohot natijalarining samaradorligi va iqtisodiyotning xususiy sektor sub'ektlari sifatida dehqon va fermer xo'jaliklarining qishloq xo'jaligidagi o'rni va ishlab chiqarish salohiyati hamda rivojlanish tendensiyalarini baholash bo'yicha metodologik tadqiqotlar o'tkazilgan. Shu bilan birga mazkur monografiyada fermerlik harakatining hamda dehqon xo'jaliklarining institusional rivojlanish asoslari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari o'rganilib, ularni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar va takliflar asoslangan. Ilmiy monografiya ilmiy xodimlar, oliy o'quv yurtlarining magistrant talabalari, professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilari, shuningdek institusional iqtisodiyot hamda agrar soha mutaxassislariga mo'ljallangan."
Türler ve etiketler
Yorum gönderin