Kitabı oku: «Hadi. O’zbek tilida»

Yazı tipi:

© Sardor Kurbanov, 2023

ISBN 978-5-0060-3531-7

Created with Ridero smart publishing system

HADI

Odamzodning eng katta xatosi yo’q, uning xatolari bor. Shuni bilib turib ham, odamzod ba’zida o’z xatolaridan o’rganmaydi. Nega unaqa deb so’ragandan foyda yo’q, chunki shuning o’zi ham, bir xato hisoblanadi. To’g’ri, savollarga javob izlash kerakdir, lekin har doim har qanaqa savolga ham javob izlayverishni o’zi bir xatolik, shuning uchun ba’zida, shunchaki oldinga harakat qilish kerak. Bitta joyda turib qolgandan foyda bor bo’lishi mumkin, shu faqat har doim emas. Ba’zida biz tomondan qandaydir harakat kutiladi, bu harakat qanaqadir, aniq bir harakat bo’lishi shart emas, ammo harakat bo’lmasdan turib ham, harakat yuzaga kelishi mumkin. Bitta joyda turish bu hech nimani o’zgarmasligi va hech nima o’zgarmasa, unda shu hech nima o’zgarmaganlik ahvoli davom etaveradi, degani. Bu yerda hech qanaqa «progress» ham, «regress» ham bo’lmaydi. Biroq, sal pal «regress» tarapga oqsashi mumkin.

Yana shukr va noshukrlik orasida juda katta farq bor, buni hamma inson bilsa kerak. Shuni bila turib ham, insonlar odatda noshukrlik chegarasini bosib o’tishadi. Bu chegaradan keyin yana orqaga qaytsa bo’ladi, faqat u chegaradan bu chegaraga qatnagandan nima foyda??? Noshukrlik qilishga insonlarda sabab ham yo’q. Hayotida bo’lib turadigan «jarayon» uchun savol bilan noshukrlik tomon yurish shart emas. Shart bo’lishi kerak bo’lgan narsa, bu chidamlilik yoki sabr. Bular ikkalasi egizak hisoblanib, insonlar hayotida ham muhim hisoblanadi. Sabrni qo’lga kiritish uchun juda ko’p «trenirovka» qilish shart emas. Buning uchun shunchaki, sabr qilish kerak va bu uchun ham shunchaki, sabr qilish kerak yoki boshqacha qilib aytganda, chidamli bo’lish kerak.

«Mani baxtli bo’lishga haqqim bormi?» Bu savol har bir odamning miyasini mehmoni bo’ladi. Javobga keladigan bo’linsa, u ham mehmon bo’ladi, faqat bittamas, har xil javob. Bu esa har bir insonga bog’liq holatdir. Savolning javobi yoqishi yoki yoqmasligi ham insonning o’zidan talab qilinadi. Bundan xulosa qilinadiki, har bir berilgan savolga tayyor javob, har bir insonning o’zida yashiringan. Shuni eslatish kerakki, baxt tushunchasi hamma uchun har xil. Tushuncha hammaga har xil bo’lgani bilan, keraklik darajasi bitta, hamma bu narsaga intiladi. «Faqat» farqi shuki, kimdir o’zi uchun, «lekin» kimdir esa boshqa uchun ham. Nima bo’lganda ham, hamma intiladi o’sha «abstrakt» tushuncha tomon. Intilish, bu albatta yaxshi, «faqat» yoki «lekin», degan so’zlarniyam bunaqa vaziyatlarda ishlatilinib turilishini e’tibordan qochirmaslik kerak. Bu so’zlar ishlatilinadimi, e’tiborga olinadimi, bu ham insonga bog’liq.

Odamlar o’zlarining harakatlari uchun javob bera oladilarmi? Shunday vaziyatlar bo’ladiki, odamlar yolg’onni haqiqat, deb qabul qilishadi. O’zlari haqiqat, deb o’ylagan yolg’onlari, aslida yolg’on ekanligiga shubha ham qilishmaydi. Agar shubha qilishganda, buni haqiqat diyishmasdi. Shubhaga ham borishadi, faqat qachonki, yolg’on jariga tushayotganlarida. Yolg’on o’z yo’lida, bu soxta narsa hisoblanadi. Bu yerda hech kimning aybi yo’q, insonning o’zidan boshqa. Chunki, odamga har doim imkon beriladi. Tanlash uchun va shu imkon uchun ham, qo’shimcha imkon beriladi. Buni ko’rish, eshitish shart emas. Shunchaki shuni bilsa bo’ldi. Ammo bila turib esa, undan to’g’ri harakat kutiladi, noto’g’risi ham kutilishi mumkin. Lekin bu odamning o’ziga bog’liq bo’lib kelgan, bog’liq bo’lyapti va bog’liq bo’lib qoladi.

Odam dunyoga keladi, yashaydi, ko’zlarini yumadi. Va, bu ko’zlar umuman ochilmidi. Bitta savol, dunyoga keladi, yashaydi degan joylarda, nega «umuman» degan so’z ishlatilmayapti yoki odatda ishlatilmaydi? Umuman, butunlay va shunga o’xshash so’zlarning hammasini ma’nosi bir xil. Nega bu so’zlarni ishlatsa bo’lmaydi? Javob har xil bo’lishi mumkin, keyin yana g’alatiyam. Chunki g’alati savoldan, g’alati javoblar chiqadi. Bu odatda tabiiy hol, faqat odatda. Xullas, savolga qaytadigan bo’lsak. Javobi oddiy, bunaqa bo’lishi mumkin emas, ya’ni u so’zlar ishlatilishi mumkin emas. Bu yerda lekin, oddiy javob katta muommoga aylanadi. Nega bunaqa bo’lishi mumkin emas? Nima sababdan? Qanday qilib? Va, shunga o’xshash savollar. Falsafada aytilganidek, javob qidirasiz, topasiz, lekin yana yangi savol ham topasiz. Xullas, nimaga ishlatish mumkin emas u so’zlarni, chunki sababi, dunyoga kelish va yashash «limitlangan», ya’ni miqdorlangan vaqtinchalik narsa.

Odamga qaytadigan bo’lsak, chaqaloq bo’lib tug’ildi, sekin-asta atrofni ko’radi, o’rganadi, gar chaqaloq bo’lsada fikrlaydi. Unda ham har xil savollar tug’ilib boshlaydi. Yangi paydo bo’lgan jonda yangi savollar vujudga keladi, desa ham bo’ladi. Sekin-asta chaqaloqlar o’sadi, ulg’ayadi. Ularda savollar yanada ko’p hajmni tashkil etadi. Ularni yosh faylasuf deb atasa ham bo’ladi. Yosh haqiqattalab faylasuflar qiziquvchanlik ortidan savolga javob topish niyatida harakatchan bo’lib qolishadi. Savol: nega ularda bu qiziqish bo’ladi? Buni o’ylab ko’rish kerak. Balki haqiqatga yaqinroq javob, hatto shu yosh bolalarda ham maqsad bo’lar. Faqat ularning maqsadi boshqacha ko’rinishda bo’ladi, ulg’ayib esa chaqaloqning ko’rinishi ham, maqsadlarining ko’rinishi ham o’zgaradi. Ko’p hollarda, boshida bo’lgan chaqaloq bo’lishdan to’xtaydi.

Dunyoni yoki hayotimizni, ba’zida «illyuziya» diyishadi, balki shunaqadir. Unda savol, boshqa tuyg’ular nima? Boshqa narsalar? Va, yana boshqa narsalarchi? Yoki ja bo’masa ko’plar uchun asosiy narsa hisoblangan, sevgi nima? Agar hayot «illyuziya» bo’lib turib, odamlar ko’zida lazzat va azobdan iborat bo’lsa, sevgi ham shulardan iborat deb hisoblasak. Demak, biz «illyuziyalar» ichidagi «illyuziyalarda» yashayotgan ekanmizda va yashash tarzida ham davom etarkanmizda buyog’iga. «Illyuziyaning» ichida yashash bu salkam, aldovlar orasida, aldovlar ichida yashashdir. Ba’zi bir odamlar shuni bilib turib, shunga rozi bo’lib, hayotni davom ettirishadi. Bu ham odam tabiatiga mos, chunki u haqiqatdan qochgisi keladi. Sababi har xil bo’lishi mumkin, ba’zida haqiqatdan qo’rqadi, ba’zida esa haqiqatdan o’zini ustun qo’yadi. Lekin shuni unutadiki, «illyuziya» bir soya, ya’ni haqiqat qorong’ida ham haqiqat bo’lib qolaveradi, «illyuziya» esa qorong’iga birlashib bir bo’lib ketadi.

Nega odam odamni toifaga ajratishi kerak? Sabab nima? Axir hamma biladiku, hamma bir xil darajada, bir xil tarozida. Ya’ni hamma odam hisoblanadi, hammani ko’radigan baxti va azobi bor, hech kim bu narsadan quruq qolmagan. Insonlarga kerak narsa bu mehr, o’zaro mehr. Shu o’zaro mehr, sevgi, oqibat insonlarni suvda cho’kib ketishdan, olovda yonib ketishdan asraydi. Bu uchun hech nima to’sqinlik qilmaydi. To’sqinlikka shu yaqinroq narsa, bu ba’zida insonlarning o’zlari. Hamma joyda aytiladi, yoziladi, «odamlar birlashishi kerak», deb. Va, bu yolg’onmas, biroq ba’zi insonlar buni noto’g’ri deb o’ylashadi. Ammo buni qayerdan bilishadi, axir ular shunchaki, buni o’ylashadi. Birlashish vaqti kelgan yo kelmaganligini qayerdan bilishadi, balki o’sha kelganmi yo keldimi, degan vaqtning o’zi aynan shu vaqtdir. Buni o’ylab ko’rguncha, harakat qilib ko’rsa nima qiladi? Bu yerda hech kimni ayblab bo’lmaydi, hamma o’z «prinsipi» uchun jon kuydiradi. Agar yana savollar bilan murojat qilinadigan bo’linsa, javobini o’shanda harakat qilib ko’rgandan so’ng olsa bo’ladi. Yaxshilab o’ylab ko’rilsa, hayotga bir marta kelinadi. Agar insonlar 2—3 ta hayotni egasi bo’lishsa yoki hayot chizig’lari uzaytirilgan bo’lsa, tushunsa bo’ladi, o’rtaga araz va ginalar tiqishtirilishini. Har xil xulosa, gipoteza yoki teoremalar javob bo’lishi mumkin, faqat ko’rib turilganidek, bu yerda ham «mumkin’ degan so’z bor. O’zi shundog’am qisqa muddatli bu hayotda insonlarga foyda keltiradigan boshqa mantiq ko’rinmayapti. Bu mantiq esa foydali ko’rinyapti. Shu ko’ringani uchun ham sinovdan o’tqazib ko’rish kerak.

To’satdan yana savollar paydo bo’lishi mumkin. Bular o’zi nimaga yozilyapti?. Buning javobi esa bitta nuqta hisoblanadi. Va o’sha nuqta esa, odamlar to’g’ri yo’lni ajratishni o’rganib olib, bir-birlari bilan birlashib va hokozo yaxshi narsalar bilan yashashlaridir. Hatto eng kuchli va eng aqlli odam ham yordamga muhtoj, nafaqat odam, hamma jonzod, albatta Allohdan tashqari. Buni tushunib yetish insonlarning o’zlariga bog’liq. Tushunib yetgan bilan, hamma ish o’z-o’zidan qilinib qolmaydi. Hech bo’lmaganda azgina harajat kerak bo’ladi. Ha harajat, harakatni bildiradigan harajat. Hayotda shunchaki nafas olish mumkin, ammo shu bilan birga yashamaslik ham mumkin va bundan nima foyda? To’g’ri, hech qanaqa. Insonlar hohlashsa, bu haqida o’ylab ko’rishlari mumkin. To’g’ri, hamma hayot ma’nosini har xil tushunadi, biroq boshqa tarafdan boshqacha tushunsa ham, aynan shu tarafdan bir xil tushunsa bo’ladiku. Oddiy tarixga bir nazar solinsin va shunchaki Gitler olinsin. Ha, Adolf Gitler, unda ham «diskriminatsiya» va yana boshqa inson sog’ligi uchun zararli narsalar kuzatilgan edi. Nafaqat kuzatilgan edi, unda balki rivojlangan bosqichda ham edi. Savol. Bu insonni erishgan narsasi nima bo’ldi? O’ylamasdan turib ham «hech nima» desa bo’ladi. Shunga amin bo’lish kerakki, uning o’zi ham shunaqa javob bergan bo’lardi. Chunki, haqiqattan ham hech nimaga erisha olmadi. U ham buni oxirgi daqiqalarda, balki oxirgi soatlarda, balki mayli oxirgi kunlarda tushungandir, asosiysi tushungan. Insonlar shunday davom etsa, ya’ni to’g’ri yo’lni ko’ra olmaslik, birlashish va boshqa narsalarni tushunmaslik yo’lidan ketishda davom etaversa, ularda shu soat yo daqiqalar bo’larmikin? Shu soat, daqiqalarsiz ham tushunmasdan ketishsa, achinarli holat. Agar odamlar shu to’g’ri yo’lni ko’ra bilish, birlashish yo’lidan ketishsa, kelajakni o’zi ularning xizmatida bo’ladi.

Insonlar o’z yaqinlariga sevgini bera olishadi. Shu sevgini, keling sevgi emas, aksincha muhabbat, ya’ni umumiy muhabbat desa to’g’ri bo’ladi. Xullas, shu umumiy muhabbatni boshqalarga ham bersa bo’ladimi? Bo’ladi. To’g’ri har bir hayot, har kimning shaxsiy narsasi hisoblanadi. Biroq, birovga shu o’zaro mehrni bera olmagandan so’ng, boshqa «negativ’ narsani ham bermaslik kerak. Chunki, har bir hayot, bu har kimning shaxsiy narsasi hisoblanadi. Bunga xulosa aytiladigan bo’linsa, bu tarafdan yashashni hohlamagan odam, boshqa tarafdan ham shu hohishiga qarab ish tutsa, unda yaxshi. Mehrni misol tariqasida keltirilsa, mehr – ozuqa. Ozuqa esa hammaga yoqadi, bu ozuqani hamma o’ziga talab qiladi va bu ozuqa qo’lga tekganidan keyin, boshqalarning galini ham esdan chiqarmaslik kerak. Ha, dunyodagi hammani tabiati har xil, bu bilan bahslashib bo’lmaydi, insonlar o’zi shunaqa yaratilgan, bu bilan ham bahslashib bo’lmaydi. Misol qilib, hayotni 50%i tepadan, 50%i esa insonlarning o’zlaridan talab qilinadi va bu misol ko’rinishidagi haqiqatdir. Bu haqiqat insonlar orasida adashib yurgan, lekin hali balandroqga chiqib, o’zini borligini ko’rsata olmagan yoki tanita olmagan haqiqatdir. Buni lekin, 50%i emas, 100%i ham bizdan talab qilinadi. Shuning uchun esdan chiqarmaslik kerakki, umumiy muhabbat kaliti har bittamizda yashiringan.

Qanaqadir bir tuyg’uni, deb o’z jonini shunchaki qurbon qiladiganlar hayotda ko’p, bularni jinni deb ham bo’midi. Savol bittasi uchun o’z jonini qurbon qilgan inson, unda boshqalar uchun ham ruschasiga aytganda «не жалко» (bemalol), aksiga olib boshqattan sevgi degan tuyg’ularni uyg’otib o’tirishi shartmas. Hozir bu bilan kimdir ajralib qolayotgani yo kimdir yerga urilayotgani yo’q, shunchaki hato ta’kidlanib ketilyapti. Bo’lishi mumkin, hatosiz odamni o’zi yo’q, lekin bunaqa darajadamas. E’tibor berish kerak, har bitta narsani me’yoridan oshib ketishi sog’liq uchun zarar. Kamchilikka qaytiladigan bo’linsa, u bilan yashagandan ko’ra, uni to’g’irlash kerak. «Тупизм» (jinnicha) cha fikrlash orqali o’zini qurbon qilgan bilan, 1 gramm ham foyda yo’q, lekin zarari 1 grammdanam oshadi. Qurbonlik bilan, qurbon qilishni ancha katta farqi bor, bu qaytarilma. Aytib o’tilganidek 2—3 ta odam uchun ham jonini bersin, odamlar tushinishadi. Bu yerda ham sevgi, muhabbat degan tushunchalar bor. To’g’ri har bir hayot, har bir odamning xazina va muommosi hisoblanadi. Shunchaki ba’zida kichkina o’zgartirishlar kiritish kerak bo’lib turadi. Bu esa o’sha o’zgartirishlardan biri hisoblanadi.

Odamlarni yana bir-birlari bilan birlashishlariga qaytilsa, bu odamlar uchun to’g’ri yo’l hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda qaror desa ham bo’ladi va bu qaror nafaqat hayotimiz uchun, balki kelajak uchun va undagi hayotimiz uchun ham, hatto o’tmish va undagi hayotimiz uchun ham foydali, shunchaki foydalimas, ancha foydali. Ya’ni shu yashalgan on, kelajakka aylanadi va kuni kelib, u o’tmishga ham aylanadi. Va bu boshqalar uchun ma’lum bir tarbiya vazifasini bajaradi. Odamlar shuning uchun ham, kelajak o’tmishdan boshlanadi deb bekorga aytishmaydiku. Buni sal o’zgartirib, hozirdan boshlanadi, desa ham bo’ladi. Shu hozirgi zamon o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prik hisoblanadi. Yolg’iz yoki ajralib mukammallikka erishib bo’lmaydi, to’g’ri mukammallikka umuman erishib bo’lmas, lekin shu mukammalik yo’lida ketsa bo’ladi, bu qaror esa shu yo’lda ketish uchun «проездной» (chipta) desa ham bo’ladi. O’zi asli shunaqa, lekin sodda misoldan yaxshisi yo’q. Bu hozircha shubha bo’lib ko’rinayotgan bo’lsa kerak, biroq fakt bo’lishi, insonlarni bu narsani qabul qilish va amalga oshirish salohiyatiga bog’liq. Misol tariqasida yana, bitta odamdan 1 ta, mayli 2—3 ta fikr chiqadi. Insonlar nechta va ulardan chiqadigan fikrlar, g’oyalar nechta bo’lib ketadi? 10 tasiniki? 100 tasiniki? 1000 tasiniki? 1000000 tasiniki? Bu yerda azgina matematik hisoblash kerak holos, shuni o’zi javob bo’la oladi. Ba’zi bir gaplarni misol olinsa, «yaxshi g’oyalar birlik bilan keladi’, «kuch – birlikdadir’ va shunga o’xshash, bularda jon bor desa bo’ladi. Hayotda, tanlovda adashmaslik kerak, ya’ni har bir ko’zga ko’ringan narsani haqiqat deyilsa, yolg’onga asoslangan hayot ichida qolib ketib, vayronkorlik tomon qadam tashlash mumkin, yo’q mumkin emas, aniq. Buni hayotni tugashi desa ham bo’ladi, faqat shu boshqacha ko’rinishdagisi bo’ladi.

O’zi umuman olganda, hech kimga aldamchi hayot kerakmasu, balki kerak bo’lar ba’zida, lekin muhtojlik sezishmasa kerak. Biroq o’sha muhtojlikkayam erishsa bo’ladi, agar odamlar shuni shunchalik hohlashsa. Bu esa tushuntirib o’tilganidek, unaqa ja yaxshi fikr emas. Yaxshi fikr deb, o’ylangan narsa puch bo’lishi ham mumkin, albatta bu tushuntirilganidek, soxta bo’lsa, soxta esa o’z yo’lida yolg’on hisoblanadi, teskarisi bo’lsa ham baribir puch hisoblanadi, shuning uchun bu narsa shunchaki puch hisoblanadi. Insonlarni ba’zida baliqqa o’xshatsa bo’ladi, ya’ni baliqlarga insonlar tarafdan xo’rrak tashlanib, qarmoqqa ilintiriladi, insonlar ham ba’zida shunaqa xo’rrakka ishonib, qarmoqqa ilinishadi, to’g’ri ba’zi paytlar insonlar o’sha xo’rrakka ilinmas, ba’zi baliqlarga o’xshab, balki omadi kelib, balki vaqti hali kelmasdan, ammo asosiy tirik qolish uchun instinkt, bu yerda ishonch, faqat shu to’g’ri narsaga ishonch hisoblanadi. Yolg’on yoki soxta narsaga ishonch esa, xo’rrakka ilingandan so’ng yo tovoda qovurilishiga, yo boshqa idishda paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuni ham eslab o’tish kerakki, baliqlarga insonlar tomonidan xo’rrak tashlansa, insonlarga bu hayot tomonidan tashlanadi, ba’zi bir ajratilgan hollarda insonlarga insonlar tomonidan ham tashlanib turadi, nega bunaqa deb savol berib o’tirish shartmas, javobi yoki sababi oddiy desa ham bo’ladi. Xullas, sababi shu puch bo’lgan narsani orqasidan quvlashi, balki boshqa sabablari ham bordir va buni ham javoblari yo sabablarini bilish, aniqlash shu jonzodlarni o’ziga bog’liq, uni to’g’irlash hamdir, balki.

Bu hayotda, anglash kerak bo’lgan savol va javoblar juda ko’p, anglab olishga vaqt kam. Insonlar orasida «Sirning siri – samimiyatda» degan gap aylanib yuradi. To’g’ri deyishdan boshqa iloj yo’q, chunki hech qanaqa gina, arazsiz, samimiylik bilan kechgan hayot jannat «versiyasining kopiyasidir». Tan olish kerak soxtalik hamma yerda mavjud, ya’ni mavjud bo’lib kelgan, mavjud bo’lib ketadi ham. Sabab, insonlar. O’zlari ham shu narsaga sababchi bo’lishadi, inson baxtga ham, teskarisiga (baxtsizlikka) ham erishishi uning o’ziga bog’liq. Xullas, agar insonlar uni yo’qotmasa yoki yo’qotishga harakat qilmasa, shu vaqtinchalik hisoblangan «lekin», bir umrlikni kushandasi, desa ham bo’ladi. Xullas, o’sha insonlarni yo’q qilib tashlaydi. Bu oddiy ko’rinib turgan narsa va miyaga kirishi ham oddiy. Buyam insonlarni o’ziga bog’liq.

Agar insonlar hayotidagi asosiy narsaga erishishmoqchimi, oldin o’sha asosiy narsani aniqlab olishlari kerak. To’g’ri aniqlamasa ham bo’ladi, buyam albatta insonlarga bog’liq. Maqsad hamma insonga tanish narsa hisoblanadi, biroq maqsad hamma insonda ham bo’lavermaydi. Agar insonda maqsad bo’lmasa, bu hayot shunchaki, hech qayerga chiqib bo’lmaydigan xonaga o’xshab qoladi, ya’ni shu xonadan ortiq hech qayerga chiqolmaydi, to’rt devorni ichida hamma hayotini kechiradi, lazzatiniyam, azobiniyam deyilardiyu, lekin bu shartmas, chunki shu to’rt devorni o’zi bir azobni turi. Xullas, tashqariga chiqib ko’rsa, undan ham zo’r hayot uni kutib turganini bilmaydi, bilsayam harakat qilmaydi. Tashqariga chiqish unaqa katta narsani talab qilmaydi, shunchaki bitta – ikkita qadam va olam guliston. Hamma inson maqsadni turlicha tushunishi mumkin, buni aybli tarafi yo’q, hamma ham tajribaga birdan erishib qolmaydi. Tajribaga sekin – asta erishiladi. Tajribasiga ishongan inson, reallikni realikdan ajratib olgan va shunday davom etayotgan inson hisoblanadi. Maqsadni qaytadan ko’rib chiqilsa, uni avvalambor oldin ajratib olish kerak, savol paydo bo’lar. Nimadan? Deyilsa misol uchun, havasdan, xayoldan, orzudan va shunga o’xshagan hayotni inson uchun qo’ygan chalg’ituvchi ja qopqon yoki tuzoq deb bo’lmaydiyu, lekin yo’llaridan.

Maqsad deb orzuni, orzu deb maqsadni adashtirishni o’zi hato yo’l. Misol tariqasida, u hali tug’ilmagan chaqaloqqa o’xshaydi, undan keyin maqsadga to’g’ri yo’nalish berish, ya’ni ismi yo’q chaqaloqqa o’xshaydi agar yo’nalish berilmasa, tug’ilganu, ism olmaganga. Bu hayot rostakam bo’ladimi yoki abstrakt, buni farqi yo’q, farq shuki, inson o’zligini bilib olishi kerak, agar azgina bo’lsa ham bu haqida bosh qotirmasa, hayotida o’ziga faqat zarar berib yashaydi. O’zligini bilmagandan so’ng, inson uchun har xil yo’llar oldida turadi, yaxshi va yomon ham shular toifasiga kiradi. Bu aytilmoqchi bo’lgan narsa, hech kim yaxshi yo yomon bo’lib tug’ilmaydi. O’sha nima hohlagani bilmaganidan so’ng, qaysi yo’ldan ketish kerakligini bilmaganidan so’ng, oxir – oqibat ham o’zlari, ham boshqalar achinadigan, lekin to’g’irlab bo’lmidigan xatolarga yo’l qo’yishadi.

Tan olish kerak, insonlar g’alati tabiat egasi hisoblanadi, ba’zida o’zlari ham bilishmaydi, nima qilayotganini, nima qilish kerakligini va shularga o’xshash barcha narsalarni. Bu haqida gap ketayotganini sababi, bu gaplaram bitta nuqtaga olib borib taqaladi, ya’ni o’sha birlashishga. Chunki kimdir buyoda yo’lni bilmasa, boshqa kimdir o’sha yo’lni ko’rsatadi. Yozilganidek, bu inson zotining tabiati. Ba’zi bir odamlar bor bo’lishi mumkin, katta ishlarga qodir, lekin odamlar birlashsa, ular hammasi buyuk ishlarga qodir bo’lishi mumkin, «mumkin» deyilganini sababi, agar ular harakatga kesalar, bu aniq bo’lib qoladi. Agar inson o’z umri davomida to’g’ri yo’lni tanlasa, buyog’i ham «avtomatik» tarzda, ya’ni o’z-o’zidan to’g’ri yo’l bo’lib ketishi mumkin, teskarisi albatta teskarisi bo’lib ketishi mumkin. Va bu boshqalarga ham ta’sir qilib, shu tarzda davom etishi mumkin. Balki, to’g’ri, hayot bir tarozi pallasidir, bir gal bir tarafi, bir gal boshqa tarafi, tepaga – pastga tushib – chiqib turadigan. Agar insonlar sal bo’sayam, ancha ishga qodir miyalarini ishga solib, yaxshilab mulohaza qilib, bosh qotirib, nima qilsa foyda yoki zarar, nimaning asosida yashashyapti, nima o’tkinchiyu, nima o’tkinchimasni o’ylab ko’rganlarida, hayotlari sal yengillashgan bo’lardi.

Keyin yana ba’zi insonlar, chetdan turib kimnidir kuchli, kimnidir kuchsiz, deb baho berishadi, nafaqat boshqalarga, o’zlariga ham xuddi shu «diagnostika» qilishadi. Bu albatta savolmasu, lekin buni javobi bor, ya’ni boshqa ba’zi odamlar ishonch, degan tushuncha bilan yashashadi. To’g’ri shunchaki oddiy ishonch bilan emas, sal boshqacharoq, ya’ni erta yaxshi bo’ladi, degan ishonch bilan, shu zahotdan hammasi yaxshi bo’lib ketadi, degan ishonch bilan, jamiki «negativ» narsalar o’tkinchi, «pozitivlar» esa o’tkinchimas, degan ishonch bilan, nimaiki bo’lmasin, bitta kulgi bilan hamma narsani yengib o’tsa bo’ladi, degan ishonch bilan, bizga kerak bo’lgan narsalar uchun va biz bormoqchi bo’lgan joylarga faqat shular orqali o’tsak, oddiy shunchaki o’tish bilan emas, ishonch bilan o’tsak yetishamiz, degan ishonch bilan yashashadi. Bu yo’lni bilish uchun, shunchaki shu yo’ldan ketish lozim, hech qanaqa shubhasiz, hech qanaqa to’xtalishlarsiz va shundagina bilish mumkin yoki javobni olish mumkin. Balki bu yo’l sal pal qo’rqinchli tuyular, balki haqqattanam shunaqadir, lekin, biroq, insonlarda shuning uchun ham ishonch, degan tushuncha va oddiy tushunchamas, juda katta ma’noga ega tushuncha bor. Bu tushunchani boshqacha ataladigan qarindoshlari ham bor, misol: chidam, sabr, hohish va yana juda ko’p so’zlarni misol qilsa bo’ladi.

Bir g’alati gap eshitilishi mumkin, «hamma narsa, hamma narsa bilan bog’liq». Bu ham o’z – o’zidan ma’lum bo’ladi, o’zligini bilib olish bilan bog’liq, oldinroq yozilganidek, boshqacha o’zligini bilib olishmas, shunchaki nima hohlashini bilib olishdir. Dunyoda nimaiki bo’lmasin, hamma narsa bir – biri bilan bog’liq, aloqador. Yana misol tariqasida, domino peshkalariga o’xshaydi. Ularni turg’izib qo’yib, ma’lum bir yo’nalishga qo’yilsa, undan so’ng bittasiga tegib yuborilsa, qoganlari ham qulashda davom etadi. Buni tasavvur qilish qiyinmas. To’g’ri bu yerda, ba’zilarda savol bo’lishi mumkin, oddiy savolmas, o’rinli savol. Uni chertib yuborishdan oldin, ular o’sha yo’nalish bo’yicha taxlanishi kerak, xo’sh bu qanday bo’ladi? Javobi oddiy, tug’ilish, ya’ni insonlarning tug’ilishini o’zi, bu misoli, shu domino peshkalarini taxlanishi. Insonlardan esa, shunchaki chertib yuborish talab qilinadi va bu ham ularning o’zlarini qo’lida. Hamma narsa insonlarni o’zidan talab qilinganidan so’ng, hamma narsa insonlarning o’zlarini qo’lida bo’ladi, boshqani emas, aynan har bir individual insonning qo’lida.

Insonlarga bu hayotda ko’p narsa kerak bo’lishi mumkin, lekin, asosiylaridan biri, bu «yaxshi hayotli yaxshi kelajakdir», «yaxshi kelajakli yaxshi hayot» ham baribir shu ma’no bo’lib chiqadi. Bu gapni shunchaki o’zi, insonlarga eshitilishi bilan yoqadi, biroq «real versiyasini”ku gapirmasa ham bo’ladi. To’g’ri bitta ikkita boshqacha dunyoqarashlilar ham uchrab qolishi mumkin, bu narsani balki yoqtirmidigan, balki qiziqish bildirmidigan, lekin bu muhimmas, chunki muhimi o’sha yaxshi hayot, boshqalarga nasib qilishi mumkinligi, agar o’sha boshqalar shuni hohlasa. Hayotni o’zgartirish insonlarning o’zlarini qo’llarida, hatto atrofidagi boshqalarni ham o’zgartirish o’zlarining qo’lida yoki ularga bog’liq. Biroq insonlar o’zgarsa, hayot o’zgaradi, hayot o’zgarsa, insonlar o’zgaradi, har qanaqasiga baribir insonlar yutadi va bu yutiq eng yaxshi yutuqlardan biri hisoblanadi. Shuniyam aytish kerakki, qaysi birini qilish kerak, deb o’ylab o’tirish shartmas, shunchaki bu yerda harakat kutiladi, shunchaki oddiymas, shunchaki yurakdan chiqib yurakka boradigan harakat. Buning uchun inson oldin o’zi o’zgarishi, nimani boshqalarga his qildirmoqchi bo’lsa, oldin o’zi ham shularni his qilgan bo’lishi, bu orqali o’zi nimaga erishdi va boshqalarni nimaga erishtirmoqchi, o’zining bu hayotda yaxshi nafas olib chiqarayotganidan so’ng, boshqalarga ham shu nafasni berishga harakat qilmoqchi bo’lganidan keyin va shunga o’xshash narsalar sababli, o’zgartirishga duch kelishi kerak.

To’g’ri inson hayotga bir marta keladi va bu hayotda, ortiqcha so’zlarsiz aytganda, yashab qolish kerak, oddiymas, yaxshi va juda yaxshi yashash kerak. Savol paydo bo’ladi, yaxshi yashash uchun nima qilish kerak yoki qanday yashasa bo’ladi? Kimdir ko’nglidagi, o’zi hohlagan ishni qilishi kerak desa, kimdir pul kerak degan «konsepsiya”larga ishonishadi, albatta bu hammasimas, hamma o‘ziga yoqqan, ma’qul bo’lgan gapni aytadi. Lekin eng avvalo, yashashni yaxshi yoki yomoni bo’lmaydi, chunki inson nafas olayotganligining o’zi bir baxt. …………………………………………………………………………………………………

Agar bu nuqtalar nimaga bu yerda turibdi deb, savol berilsa, bu misol. Odam hayotida nafas olganda har holda uning hayoti shunaqa nuqtalardan tashkil topadi, agar nafas olish bo’lmasa, demak shu nuqtalar ham bo’lmaydi. Yashash uchun yaxshi yashash shartmas, shunchaki nafas olayotganligini bilib shukronalikda umr kechirishni o’zi yaxshi yashash «versiya”larining bosqichlaridan biri. Yashashni bir an’ana deb olinsa, boshqa insondan topshirilgan an’anani, o’sha boshqa inson davom ettirish baxtiga erishadi. Albatta vaqti – soati kelganda ular ham, buni boshqalarga topshiradi. Insonlarga berilgan topshiriq bu yerda shuki, o’sha an’ana boshidan qanaqa boshlangan bo’lsa, shunaqa tugatish kerak. Albatta bu yaxshi boshlangan, buni hamma biladi, xullas, yomon o’zgartirishlarsiz, yaxshi, boshqalarni ham shu davomda davom ettirishga undash kerakdir. To’g’ri har bir hayotni o’z egasi bor, lekin qaysi insonga yoqmas ekan, to’g’ri, yaxshi hayot.? Va yana albatta, kamdan ko’ra, ko’p insonlarga bu yoqadi, buni matematik hisoblab chiqish shartmas, shunchaki o’ylash kerak yoki fikrlash. Agar bu javob bo’lolmasa va yana, yaxshi yashash uchun nima qilish kerak? deb, savol berilsa, yana javob bor, oddiy javob, shunchaki to’g’ri yashash kerak. To’g’ri yashalgan hayot bu soxtalikmas, xulosa o’z – o’zidan ma’lum. Hatto, pul yordamida, o’zi hohlaganday yashashni hohlaydiganlar uchun va boshqa har xil «konsepsiya”larga egalar uchun ham, soxtalik soxta, kerakmas narsa hisoblanadi va yoqmaydi. Bularda ham ajratilgan holatlar ajratilib turadi.

O’sha aytilganidek, yashashni o’zi bir baxt, shu yashab turgan bir paytda har xil «negativ’ narsalarga berilish bu, hayotdagi jamiki o’zgarishlarni, go’zalliklarni ko’rishga halaqit beradi. Hatto shu hayotda bo’lib turadigan tashvishlarni ham ko’rish hayotning bir go’zalligi deb bo’midiyu, lekin shularsiz go’zalliklarniyam ko’rib bo’midi, bu haqiqat. Sovuqdan tashqari issiqlik borligini va issiqlikdan tashqari, sovuq borligini bilish uchun ikkalasini ham qanaqaligini ko’rish kerak. Tan olish kerak, hayotda yomon kunlar ham bo’ladi, hayot shunisi bilan hayot, Hudo bu narsalarni sevgan bandasiga beradimi, sevgan bandasini har xil narsalardan ehtiyot qiladimi, bu narsa baribir berilgan, albatta shu bilan birga, baxt ham berilgan va bu chegarasiz holda. Qorong’ilikdan ko’ra yorug’lik ko’p va buni hamma biladi, bilib turib, azgina o’tkinchi tashvishga berilib, baxt degan tushunchani unutib qo’yishadi. Buni eslashadi, qachonki, shu tushuncha ularda mehmon bo’lsa, undan keyin yana «negativ’ mehmon bo’lsa, shu oqim tomon ketishadi. Oqim qaysi tarafga oqizsa shu tarafga qarab olg’a, o’zlari fikrlab boshqa tomonni o’ylab ko’rishmaydiyam, balki ba’zida oqimga qarshi suzish to’g’ri bo’lar, iloji yo’qdek tuyulsa ham. Xo’p mayli, «negativ’ga ko’milib qoldi deylik, lekin bu degani hayot tugadi deganimasku, hayot qachon tugidi, qachonki nafas olishi tugasa. Ungacha esa yashashni o’zi bir baxt, shu dunyodagi go’zalliklarni ko’rib turganini o’zi bir yaxshi yashash, albatta o’tkinchi bo’lsa ham yoki hammasini o’zini chegaralangan vaqti bo’lsa ham, yaxshi yashashga bular halaqit bera olmaydi.

Inson hech bo’lmaganda, bir marta bo’lsa ham, o’z umri davomida nafas olib turgani uchun minnatdorchilik bildirishi kerak. Mayli kimdirlar noshukrlik qilishar, lekin shuni ham bir analiz qilib o’ylab ko’rish kerakki, o’sha noshukrlik bilan shug’ullanayotgan insonlarga nisbatan, boshqalarda hatto shunaqa noshukrlik qilishga bunaqa imkoniyat ham yo’q, ya’ni noshukrlik qilayotgan insonlar hatto noshukrlik qilish imkoniyatiga, shu daqiqalarga egaligi uchun ham minnatdorchilik bildirishlari kerak. Bu haqiqatni anglashni o’zi bir, yaxshi yashash hisoblanadi. Balki kimdirlar o’ylar, bunaqa chiroyli gaplar ortida ma’no bo’lmaydi deb, lekin, biroq, agar ortida ma’no bo’lmaganda, bu gaplar bunaqa chiroyli bo’lmasdi. Shuning uchun ham hayotni chiroyli qilishga harakat qilish kerak. Bu chiroyni paydo qilish uchun esa, to’g’ri yashash kerak, a bu uchun esa nima to’g’ri, nima noto’g’ri, nima soxta yo nima haqiqiyligini ajratishni bilish kerak. Bu juda ko’p narsani talab qilmaydi, talab qiladigani, shunchaki, azgina fikrlash va tamom. Bir tomondan lekin, birlashib yashash ham, yaxshi yashash alomatlaridan hisoblanadi. Chunki bu to’g’ri qaror hisoblanadi va aytilganidek, to’g’ri qaror ham, yaxshi yashash alomatidir. Yana misol ko’rinishida aytiladigan bo’lsa, bitta shag’am olinsin, bitta shag’amni o’zi, o’ziga belgilangan darajada masofa yoki joyni yoritadi, endi esa ularni 4—5 tasi, 50—60 tasi, 100 tasi yoki undan ham ko’pichi? Albatta, qancha ko’p bo’lsa, yorug’lik ham shuncha ko’p bo’ladi. Va yana albatta, bu yorug’lik, faqat bittasi uchun chegaralanib qolmaydi, boshqalar uchun ham bo’ladi. O’zi o’sha shag’amlarni vazifasi, zulmat, qorong’ilik ichida yoritilish, yoritib turish, shuni ham insonlarga o’xshatsa bo’ladi, agar o’ylab ko’rilsa, o’xshash tarafalari topiladi.

Agar insonlar o’z tabiatini o’zgartirishsagina, o’zlariga yaxshilik qilgan bo’lishadi. Bu yerda albatta, boshqa «obraz”ga kirib yashash ma’nosidamas, shunchaki qilishlaridan kerak bo’lganidan bittasi, to’g’ri qadam bo’lishi kerak bo’lgan joyda noto’g’risini qo’ymasliklari kerak, balki zarur. Ba’zida ulardan talab qilinadigani shu, lekin ular teskarisini qilishadi va yana savollar bilan nafaqat o’zlarini, balki boshqalarni ham boshlarini qotirishadi. Agar to’g’ri ishni, to’g’ri vaqtda, to’g’ri qilishsa hayotda o’zlarini savollari sal kamayardi. Va shu narsa, ularni baxti uchun xizmat qiladi. Yana va yana, misol tariqasida, kimdir yordam qo’lini cho’zsa yoki oddiy bir maslaxatni qabul qilisha olishmasa, bu yomondanam battar yomon. Keyin yana insonlar bir – birlari bilan soxtalikmas, samimiylik orqali murojot qilishsa, hozir yashayotgan olam jannat bo’lardi, faqat shu yerdagisi bo’lardi. Oldin aytilganidek, soxtalik bu vaqtinchalik hisoblanadi, samimiylik esa abadiyat sari qo’yilgan qadamdir. Uni shunaqa qilib tasvirlashni o’zi ham yetadi, ortiqcha bezaklarsiz. Bu yerda lekin birlashib yashash kerak degan gap shartmas, chunki samimiy yashashni o’zi birlashish uchun kerak bo’lgan narsa, ya’ni buni unaqasigayam o’qisa ham, bunaqasigayam o’qisa ham, bir xil ma’no beradigan so’zlar deb tassavvur qilsa bo’ladi. Qancha birgalikda yashashga harakat qilgani bilan, ichi qoralik, dushmanlik, soxtalik bilan yashasa, foyda umuman nol, nol esa ko’rinishga ega bo’lgani bilan o’zi yo’q degani. Foyda qachonki, tabiiy narsa bo’lsa bo’ladi va o’sha insonlarning ichlarida yashiringan samimiylik esa, xuddi o’sha tabiiy narsa hisoblanadi. Va, bu tabiiy narsa boshqa bir tabiiy narsalarni hosil qilishga qodir, qiziq tuyulsa sinab ko’rish mumkin. Qayerda bo’lmasin, hamma yerda inson boshqa bir chetdan, uzoqdan, lekin asli o’zi yaqin bo’lgan va hatto bo’lmagan insonga muhtoj bo’ladi, ya’ni bo’lib yashaydi, bu fakt. Insoniyatning tabiati shuni talab qiladi.

Ücretsiz ön izlemeyi tamamladınız.

₺15,33
Türler ve etiketler
Yaş sınırı:
16+
Litres'teki yayın tarihi:
26 temmuz 2023
Hacim:
120 s. 1 illüstrasyon
ISBN:
9785006035317
İndirme biçimi:
epub, fb2, fb3, ios.epub, mobi, pdf, txt, zip

Bu kitabı okuyanlar şunları da okudu